Buçadagi yodgorlik va «Vagner»dan voz keçayotgan Rossiya. Uruş suratlari

Buçadagi yodgorlik va «Vagner»dan voz keçayotgan Rossiya. Uruş suratlari

Ukrainada uruşning 494-kuni ötdi. Asosiy maʼlumotlar:


  • «Vagner» XHK «vaqtinçalik maxsus harbiy amaliyotda iştirok etmasligi» va Belarusga köçib ötayotgani tufayli jangçilarni yollaşni töxtatgani haqida eʼlon qildi.
  • Kubandagi harbiy aerodromda portlaş röy berdi.
  • «Vesti nedeli» dasturida «Vagner» XHK Rossiya hukumatidan 858 milliard rubl, Prigojinning «Konkord» kompaniyasi (RF mudofaa vazirligi bilan oziq-ovqat taʼminoti böyiça şartnomalar tuzgan) — yana 845 milliard rubl olgani haqida aytildi.
  • Rossiya propagandasi Baxmutning uruşdagi ahamiyatini pasaytirib körsatişni boşladi. Birinçi kanalda bu şahar uçun janglar Mariupol uçun janglar bilan taqqoslandi va hududi bir neça barobar katta bölgan Mariupol şahri (maydoni 244 kv.km va 425 mingdan ortiq aholi yaşagan) 71 kunda olingani, Baxmut uçun esa (maydoni 41,6 kv.km, aholisi 72,3 ming kişi) 244 kun ketganiga urğu qaratildi. 
  • Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodinning aytişiça, «Vagner» XHKning köplab jangçilari Putinning «qölga qurol olgan holda xizmatni davom ettiriş» böyiça taklifini qabul qilgan. U bu orqali ular RF mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzişga tayyorligini nazarda tutgan.
  • 2 iyulga ötar keçasi Rossiya qöşini Kiyevga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina qurolli kuçlari barça sakkiz dron va uç raketa urib tuşirilganini maʼlum qildi. Kiyev oblastida parçalar tuşişi tufayli tinç aholi vakili halok bölgan.

Buçadagi yodgorlik

Buçadagi şahar xiyoboniga kiriş joyida 2022 yil mart oyida Rossiya okkupatsiyasi vaqtida halok bölgan şahar aholisiga örnatilgan yodgorlik oçildi. Tabliçkalarda — 501 kişining familiyasi aks etgan. 1 iyul kuni şaharda «Ğalaba uçun birlaşuv» xotira kontserti bölib ötdi. «Buni unutib va keçirib bölmaydi. Şuning uçun biz dunyoga harbiy tribunal haqida eslatişda davom etamiz», — dedi Buça şahri meri Anatoliy Fedoruk. 

Oleksii Chumachenko / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari 

Donetsk oblastidagi front çiziğida joylaşgan Baxmut şahri atrofida dam oliş vaqtida baliq ovlayotgan ukrain harbiysi

Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA

3-alohida desant-şturm brigadasi jangçisi Baxmut atrofidagi yöl böylab ketmoqda

Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA

«Tixiy» laqabli ukrainalik harbiy xizmatçi front çiziğidan bir kilometr masofadagi xandaqda turib atrofni közdan keçirmoqda.

Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainaning 5-desant-şturm brigadasi vraçlari stabillaştiriş punktida yarador harbiy xizmatçiga yordam körsatmoqda

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

«Vagner» XHKning Peterburgdagi ofisidan emblemalar olib taşlanmoqda 

Yevgeniy Prigojinning kompaniyasi bir neça qavatini ijaraga olgan «Morskaya stolitsa» biznes-markazi oynasidan «Vagner» XHK logotipini olib taşlayotgan ayol.

Anatoliy Maltsev / EPA / Scanpix / LETA

«Morskaya stolitsa» biznes-markazidan «Vagner-tsentra» viveskasi ğoyib böldi

Anatoliy Maltsev / EPA / Scanpix / LETA

3 iyul – Ukrainada zenitçilar kuni

×