Namangan – Janubiy Koreya: sport sohasida kelişuvlar

Namangan – Janubiy Koreya: sport sohasida kelişuvlar

Namangan viloyati yoşlar siyosati va sport boşqarmasi boşliği Anvarjon Töyçiyev boşçiligidagi delegatsiyaning Janubiy Koreyaga amaliy taşrifi davomida futbolni rivojlantiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Taşrif avvalida, Koreya Respublikasining Tegu şahridagi “Daegu” futbol klubi prezidenti Ço Kvan Rae bilan muloqotda Namangan viloyatida futbolni rivojlantirişda koreys tajribasini keng ommalaştirişga erişildi. Delegatsiya aʼzolari “Daegu” klubi faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Tegu şahri şarafini himoya qiladigan “Daegu” jamoasi 2002 yili taşkil etilgan. Klub rahbari Namangan haqida eşitgani, uşbu zaminga oktyabr-noyabr oylarida özi boşçiligidagi delegatsiya bilan taşrif buyurişini taʼkidladi. Şuningdek, u murabbiylar bilan ikki tomonlama özaro tajriba almaşiş istagi borligini bildirdi. 

Imzolangan kelişuvga asosan, “Daegu” jamoasi murabbiylari yiliga tört marotaba Özbekistonga taşrif buyurib, Namanganda bolalar futbolini rivojlantiriş böyiça seminar treninglar taşkil etadi. “Suvon” futbol klubi nafaqat Osiyo, balki butun dunyoga maşhur. Janubiy Koreya terma jamoalari bazasiga munosib kadrlarni tarbiyalaydigan uşbu klub hamda uning akademiyasi bilan manfaatli hamkorlik har jihatdan samara berişi şubhasiz. Mazkur jamoa 2003 yil 15 martda “Suvon Siti” nomi bilan taşkil topgan. 2012 yil 9 dekabrda “Suvon” töliq professional bölişi eʼlon qilinib, klub nomi ham “Suvon FC”ga özgartirildi va professional “K” ligasiga qöşiliş uçun ruxsat oldi. 


Ayni kunlarda Koreyada bölib turgan Namangan viloyati delegatsiyasi aʼzolari – viloyat yoşlar siyosati va sportni rivojlantiriş boşqarmasi, viloyat futbol assotsiatsiyasi, viloyat futbol akademiyasi mutasaddi rahbarlari “Suvon” klubi prezidenti Dong Vuk Çoi bilan amaliy uçraşuv ötkazdi. 


Endilikda “Suvon” klubi hamda Namangan viloyati futbol akademiyasi murabbiylari, mutaxassislari reja asosida özaro tajriba almaşib boradi. Kelişuvga köra, dastavval Koreya tomoni joriy yilning sentyabrida amaliy taşrif bilan Namanganga keladi. Şuningdek, delegatsiya aʼzolari Janubiy Koreya taekvondo akademiyasi rahbariyati bilan uçraşib, hamkorlik yuzasidan amaliy şartnomaga erişdi. Uşbu kelişuvga muvofiq koreyalik murabbiylar yiliga uç bor Namanganga kelib, mahalliy mutaxassislarning könikma va tajribalarini oşirib boradi. 

Oqilxon Dadaboyev, ÖzA.


Teglar:
×