Janubiy Koreya ham Telegram’ga qarşi daʼvo qilmoqda

Janubiy Koreya ham Telegram’ga qarşi daʼvo qilmoqda

Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Telegram’dagi jinsiy xarakterga ega jinoyatlarni çuqur tergov qilişga çaqirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hukumatning ommaviy axborot vositalari regulyatori bölgan Aloqa standartlari komissiyasi bugun, 28 avgust kuni yiğilib, bunday kontent va uni tarqatuvçilarga qarşi kuraş çoralarini muhokama qilişni rejalaştirmoqda.

“Bu anonimlikni himoya qilişga asoslangan texnologiyani ekspluatatsiya qiliş. Bu aniq jinoiy huquqbuzarlikdir”, deydi Prezident Yun Sok Yol Vazirlar Mahkamasi majlisida.

Naşrga köra, joriy yilning dastlabki yetti oyida Janubiy Koreya politsiyasi dipfeyk yordamida sodir etilgan 297 ta jinsiy jinoyat bilan boğliq holatni qayd etgan. Bu ötgan yilga nisbatan 117 taga köpdir. Ayblanuvçilarning aksariyati ösmirlar va 20 yoşlardagi odamlar edi. Universitet talabalari, şuningdek, örta va yuqori sinf öquvçilari iştirokidagi soxta maʼlumotlar tarqatilgan. Koreya öqituvçilari va taʼlim uyuşmasi şu hafta maktab öquvçilarining bunday manipulyatsiya qurboni böliş holatlari aniqlanganini aytdi. Ular bu borada tergov ötkazişga çaqirdi. Öz navbatida, Armiyada jinsiy zöravonlik qurbonlarini qöllab-quvvatlaş markazi Telegram çatlarida xuddi şunday feyklardan aziyat çekkan ayol harbiylar haqida xabar berdi.


Teglar:
×