Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon Madaniyat, sport va turizm vazirligiga milliy terma jamoaning Jahon çempionatidagi muvaffaqiyatsiz iştiroki sabablarini örganiş böyiça tekşiruv ötkazişni topşirdi. Bu haqda u özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
Janubiy Koreya terma jamoasi Jahon çempionati “A” guruhida 3 oçko bilan uçinçi örinni egallab, pley-off bosqiçiga yöllana ololmadi.
“Professional futbol klubining sobiq faxriy direktori va milliy terma jamoaning sodiq muxlisi sifatida bu kutilmagan natija meni nafaqat hayratga soldi, balki çuqur tuşkunlikka ham tuşirdi. Bu holat yana bir bor kadrlar siyosati hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini isbotladi. Agar malakali mutaxassislar örniga şaxsiy yaqinlik asosida tayinlovlar amalga oşirilsa, natija ham şunga yaraşa böladi. Davlat va şaxsiy manfaatlarni ajrata olmaydigan, şaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ustun qöyadigan rahbarlar tizimda muammolarni keltirib çiqaradi. Bunday tayinlovlarni nazorat qiliş va ularning javobgarligini taʼminlaş qiyinlaşadi. Milliy terma jamoaning pley-offga çiqa olmagani ham, ehtimol, aynan boşqaruv va kadrlar siyosatidagi xatolar oqibatidir”, deydi Prezident.
Li Çje Myonning bildirişiça, hukumatning asosiy vazifalaridan biri jamoat taşkilotlarida rahbariyatni şakllantirişning demokratik tizimini yaratişdan iborat.
“Qişloq xöjaligi kooperativlari rahbarlari aʼzolar tomonidan töğridan töğri saylanayotgani kabi, Koreya sport qömitasi va Koreya futbol assotsiatsiyasida ham oz sonli delegatlar orqali bilvosita saylov tizimidan butun sport jamoatçiligi iştirok etadigan töğridan töğri saylov tizimiga ötiş böyiça topşiriq berdim. Bilişimça, bu jarayon allaqaçon boşlangan.
Şu bilan birga, boşqaruvda şaffoflik, adolat va xolislikni taʼminlaydigan hamda qabul qilingan qarorlar uçun masʼuliyatni belgilaydigan samarali nazorat tizimini yaratiş ham muhim vazifadir”, deydi davlat rahbari.
Prezident sözi yakunida Jahon çempionatida iştirok etiş davlat byudjeti va soliq tölovçilar mablağlari hisobiga amalga oşirilişini eslatib, vazirlikka mazkur omadsizlik sabablarini har tomonlama tahlil qiliş, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uçun aniq çora-tadbirlar işlab çiqiş va sport boşqaruvini isloh qiliş böyiça reja taqdim etişni buyurganini maʼlum qildi.
“Bu qabul qilib bölmaydigan vaziyat tufayli mamlakat fuqarolaridan çin dildan uzr sörayman. Bunday holat boşqa heç qaçon takrorlanmasligi uçun sport boşqaruvi tizimini tezkor ravişda isloh qiliş işlarini boşlaymiz”, deydi Li Çje Myon.









