Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina uruşini 2024 yilgi AQŞ prezidentlik saylovlarida Donald Tramp ğalaba qilgunga qadar çözmoqçi. Bu haqda CNN telekanali maʼlumot berdi.
Putin Donald Tramp bu saylovda ğalaba qozonişiga umid qilmoqda yoki Ukrainaga yordam berişda u qadar faol bölmagan boşqa respublikaçi yutişini möljallamoqda. Bu Rossiyaning muzokaralardagi potentsial pozitsiyasining mustahkamlanişiga olib keladi. Rossiya Ğarb yordami kamaygan vaqtda Ukrainaga bosim qiliş niyatida, deyiladi maʼlumotda.
«Putin Tramp unga yordam berişini biladi. Ukrainaliklar va yevropalik hamkorlarimiz ham buni bilişadi», deydi CNN manbalaridan biri.
Ismini oşkor etmagan yevropalik diplomatning aytişiça, Ukrainadagi uruşni AQŞdagi saylovlargaça olib boriş Putinning asosiy rejasidir.
Eslatib ötamiz, Donald Tramp öziga nisbatan yangi jinoiy ayblovlar qöyilganiga qaramay, 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikaçilar partiyasining favoriti hisoblanadi.
Uning partiyadagi raqibi, Nyu-Jersi ştatining sobiq gubernatori Kris Kristi bugun Ukrainaga taşrif buyurdi va AQŞning Ukrainaga yordami avvalgidek qolişi kerakligini aytgan.









