Amerikani ostin-ustin qilgan ölim sababi maʼlum böldi

Amerikani ostin-ustin qilgan ölim sababi maʼlum böldi

Ölimidan keyin AQŞda tartibsizliklar boşlangan afroamerikalik Jorj Floyd qotillik qurboni bölgani aytildi. Ikki nafar mustaqil sud-tibbiy eksperti erkakning tanasini yorib körib, u böğilib qolişdan vafot etgan degan xulosaga keldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Mexanik asfiksiya ölimning sababi, qotillik – ölim uslubi”, degan Miçigan universiteti doktori Allesiya Uilson.

Floydning oilasi iltimosi bilan uning tanasini oçgan doktor Maykl Baden marhumda ölimga sabab böladigan boşqa sabab bölmaganini maʼlum qilgandi. U ölim böyin va yelkani qattiq bosiş oqibatida yuz berganini aytgan.

Avvalroq, Xennepin okrugi sud-tibbiy ekspertlari Floyd organizmdagi boşqa kasalliklar va harakatsiz qolişdan vafot etganini taʼkidlagandi.

Maʼlumot uçun, afroamerikalik Jorj Floydning ölimi butun mamlakat böylab tartibsizliklarni keltirib çiqardi. Floyd 25 may kuni Minneapolisda politsiya xodimi tomonidan uşlandi. Hibsga oliş paytida politsiyaçi Floydning böynini tizzasi bilan bosib, böğib qöydi. Keyinçalik Floyd reanimatsiyada vafot etdi va uning hibsga olinganligi haqidagi video Internetda tarqaldi. Şundan söng, AQŞning köplab şaharlarida tinç namoyişlar politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketdi.

Tartibsizliklar Oq uygaça yetib keldi. AQŞ Prezidenti Donald Tramp uşbu vaqtda bunkerga olindi. Şuningdek, namoyişlar Yevropaga ham yetib bordi. London va Berlin aholisi köçalarda töplanişdi. Ular hukumatdan politsiya huquqlarini çeklaşni talab qilmoqda.

manba: Qalampir.uz

×