“Putinning odamlari” kitobini çop etgan Britaniyaning HarperCollins naşriyot uyi kitobda rossiyalik milliarder Alişer Usmonov nomi tilga olingani sababli unga özgartirişlar kiritdi. Bu haqda RBKga tadbirkorning vakili maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, kitobning 2020 yilda çop etilgan birinçi naşrida Usmonov “Gazprom”dagi mansabidan foydalanib, boyligini köpaytirgani haqida yolğon maʼlumotlar bor edi. Kitobning qayta körib çiqilgan naşrida Usmonov Britaniya elitasiga “pora berişga” uringanligi va u Kremlning “işonçli odami” hisoblangani haqidagi sözlar ham çiqarib taşlangan.
“Kitobga özgartiriş kiritiş böyiça suddan taşqari kelişuvga erişiş mumkin edi”, degan Usmonovning vakili.
Usmonovning biznes şerigi Farhod Moşiriyning aniqlik kiritişiça, milliarder eʼtiroz bildirgan bayonotlar allaqaçon kitobning elektron va audio versiyalaridan olib taşlangan va ular yangi bosma naşrlarda ham bölmaydi. HarperCollins va kitob muallifidan izoh olişning iloji bölmagan.
“Putinning odamlari” kitobi “Financial Times” gazetasining Moskvadagi sobiq muxbiri Ketrin Belton tomonidan yozilgan. 2020 yilda “Putinning odamlari” Britaniyaning “The Times”, “The Sunday Times” va “Daily Telegraph” gazetalari tomonidan yil kitobi deb tan olingan.
“Putinning odamlari” naşr etilganidan keyin rossiyalik milliarderlar Mixail Fridman, Pyotr Aven, Roman Abramoviç, şuningdek tadbirkor Şalva Çigirinskiy va “Rosneft” kompaniyasi HarperCollins ustidan sudga murojaat qilgan. Fridman, Aven va Abramoviç allaqaçon kitobga tuzatişlar kiritişga erişgan.









