NATO Osiyo-Tinç okeani mintaqasida uruş qözğamoqçi – Xitoyning Rossiyadagi elçisi

NATO Osiyo-Tinç okeani mintaqasida uruş qözğamoqçi – Xitoyning Rossiyadagi elçisi

Xitoyning Rossiyadagi elçisi Çjan Xanxuey Şimoliy Atlantika alyansi Yevropani sarosimaga solib, endi Osiyo-Tinç okeani mintaqasida tinçlik va osoyiştalikni yöq qilmoqçiligini aytdi. Bu haqda u TASS agentligiga bergan intervyusida gapirib ötdi.

“NATO BMT Nizomining xalqlar örtasida döstona munosabatlarni rivojlantiriş va dunyo tinçligini mustahkamlaşdan iborat maqsadlaridan çetga çiqdi. Osiyo-Tinç okeani mintaqasida umumiy tinçlik va barqarorlikka qaramay, NATO mintaqada navigatsiya erkinligini taʼminlaş, keskinlikni kuçaytiriş va lagerlar örtasida qarama-qarşilikni keltirib çiqariş uçun harbiy maşğulotlar va operatsiyalarni ötkazişni talab qilmoqda”, deydi Xitoy diplomatik missiyasi rahbari.

Uning sözlariga köra, NATO qilayotgan işlar insoniyat va dunyo örtasidagi döstlik işiga aslo yordam bermaydi.

“Bu BMT Nizomi ruxsat bergan jamoaviy özini özi himoya qiliş kontseptsiyasidan taşqariga çiqadi. NATO özini jamoaviy mudofaa birlaşmasi deb ataydi, u jamoaviy mudofaa huquqidan foydalanadi, lekin Osiyo-Tinç okeani mintaqasida harbiy qarama-qarşilikni qözğatmoqçi bölgan transçegaraviy kengayişini davom ettiradi. Qurolli hujum u yoqda tursin, mintaqada NATOga qarşi kuç tahdidi yöq. NATOning jamoaviy mudofaa huquqidan foydalanişi uçun qonuniy asos yöq”, deydi Çjan Xanxuey.

Elçining taʼkidlaşiça, sönggi yillarda NATO Osiyo-Tinç okeani mintaqasi işlariga aralaşişga urinib, “qöllarini uzoqroq çözgan”.

“NATO Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiyani ketma-ket ikki yil davomida alyans sammitida iştirok etişga taklif qildi va tört davlat bilan xususiy hamkorlik dasturi”ni imzoladi”, deya davom etgan u.

Şuningdek, diplomat Avstraliyaning sobiq boş vaziri Pol Kitingning “NATOning Osiyo-Tinç okeani mintaqasiga şarqqa qarab kengayişi vaboga öxşaydi” degan maqola yozganini eslatgan.

“Uşbu ibora mamlakatlarning umumiy taşvişini ifodalaydi”, deb xulosa qilgan Xitoy diplomatik missiyasi rahbari.


×