Joriy yilning 23 iyun kuni Tinç okeanida uç hafta davomida yongan Morning Midas kemasi minglab avtomobillar bilan birga çökib ketdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, iyun boşida yonib ketgan Morning Midas kemasi Tinç okeanining örtasida, qirğoqdan taxminan 579 kilometr uzoqlikda taşlab ketilgan.
Kemani boşqaruvçi Zodiac Maritime kompaniyasining bayonotiga köra, yonğin oqibatidagi şikastlanişlar ob-havo yomonlaşuvi bilan yanada kuçaygan, oqibatda kema 23 iyun kuni butunlay çökib ketgan.
Morning Midas kemasiga yordam körsatişi kerak bölgan uçta maxsus kemadan ikkinçisi 15 iyun kuni, yonğin boşlanganidan bir haftadan köproq vaqt ötibgina voqea joyiga yetib borgan.
Kema Xitoyning Chery Automobile Co. va Great Wall Motor Co. kabi avtomobil işlab çiqaruvçilarning maşinalarini Meksikaga olib ketayotgan bölgan. Umumiy hisobda kemada qariyb 3 mingta avtomobil, jumladan 800 ta elektromobil bölgan.









