Özbekiston Respublikasining Taşqi işlar vazirligi Turkiyanng yetti viloyatida sodir bölgan zilzila qurbonlari oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
“Turkiyaning bir qança hududlarida köplab qurbonlar va katta vayronagarçiliklarga sabab bölgan kuçli zilzila haqidagi xabarni çuqur qayğu bilan qabul qildik. Halok bölganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq soğayib ketişini tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, Taşqi işlar vazirligi 2023 yil 6 fevral kuni Toşkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga köra, mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok bölgan va jarohatlangan Özbekiston fuqarolari böyiça maʼlumot kelib tuşmagani haqida maʼlum qildi.
Bundan taşqari, Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi ham talafot körganlarga hamdardlik bildirib, sodir bölgan zilziladan çuqur qayğuda ekani, barça imkoniyatlar bilan qardoş va döst Turkiyaning yonida ekanini aytib ötgan.









