Avtobusning yöli tösilib, toşböron qilinişi sababi maʼlum böldi

Avtobusning yöli tösilib, toşböron qilinişi sababi maʼlum böldi

Oqdaryo tumani hududidan ötuvçi yölda bir guruh fuqarolar yölovçi taşuvçi avtobus yölini tösib, oynasiga toş otganligi holati yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

Qayd etilişiça, 2023 yil 28 iyul kuni soat taxminan 14:00da Jizzax viloyati «Ğallaorol» tumani hududidan ötuvçi M-37 avtomobil yölida viloyatlararo yölovçi taşuvçi avtobus haydovçisi, u bilan bir yönalişda harakatlanib ketayotgan «Damas» rusumli avtomaşina haydovçisi yöliga çiqib ketişi oqibatida haydovçilar özaro yöl talaşib, tortişib qolişgan.

Şundan söng, «Damas» haydovçisi Y.Ş. avtomaşinasini boşqarib, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani «Oytamğali» mahallasi hududidan ötgan M-37 avtomobil yölida, tanişlari bilan avtomobil yölini tösib, avtobusni harakatlanişiga yöl qöymasdan, avtobusga şikast yetkazgan. 

Hodisada heç kim jarohat olmagan.

Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan örganiş işlari olib borilib, uşbu holatda iştirok etgan barça şaxslar aniqlanib, uşlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Örganişlar yakuni bilan uşbu holatda iştirok etgan barça şaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi, deyiladi Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi J.Sagdullayev xabarida.


×