Joriy yil 6-9 mart kunlari Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Amerika Qöşma Ştatlarida böldi. Özbekiston TIV rahbari Vaşingtonga taşrifi doirasida AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar ötkazdi. Suhbat çoğida Özbekiston va AQŞ örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi hamda strategik şeriklik munosabatlarining 20 yilligi munosabati bilan özaro tabriklar almaşilgan.
Vazir Abdulaziz Komilov va Davlat kotibi Entoni Blinken Özbekiston-AQŞ munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaşning dolzarb masalalari, jumladan, qöşni Afğonistondagi gumanitar vaziyatni ham muhokama qilgan. “S5+1” şakli doirasida mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Özbekiston delegatsiyasi AQŞda bölişi davomida Amerika administratsiyasi vakillari, Kongress aʼzolari, işbilarmon va ilmiy doiralari vakillari bilan ham uçraşuv hamda muzokaralar ötkazgan.
Amerika-Özbekiston Savdo palatasi aʼzolari bilan uçraşuvda Özbekiston tomoni Amerika işbilarmon doiralari vakillariga 2022-2026 yillarda Yangi Özbekistonni rivojlantiriş strategiyasining asosiy qoidalari, respublikada iqtisodiyotni tubdan isloh qiliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar bilan taniştirdgan. Tadbir davomida AQŞ kompaniyalarining respublikadagi islohotlar jarayonlarida iştirokini kengaytiriş masalalari ham muhokama qilingan. Bundan taşqari, joriy yilning 24-26 mart kunlari bölib ötgan birinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) işida Amerika kompaniyalarining keng iştiroki böyiça kelişuvga erişilgan.
Xalqaro taʼlim böyiça Amerika kengaşi, Jorj Vaşington universiteti, Texas A&M universiteti, Kaliforniyadagi Berkli universiteti rahbariyati va ekspertlari bilan muloqotlar uyuştirilgan. Uçraşuvlarda mahalliy mutaxassislar salohiyatini mustahkamlaş maqsadida ikki davlat örtasida universitetlararo hamkorlikni kengaytiriş, akademik va ilmiy almaşinuvlarni taşkil etiş imkoniyatlari muhokama qilingan.
Eslatib ötamiz, Strategik şeriklik muloqotining ilk uçraşuvi ötgan yil dekabr oyida bölib ötgandi.









