Afğonistonda minglab afğonistonliklar Panjşer gubernatorligi binosi oldida “Tolibon” tomonidan begunoh tinç aholi öldirilganiga qarşi namoyiş ötkazdi. Bu haqda “Tolo News” xabar bermoqda.
https://www.youtube.com/watch?v=zayEJehhLOwNamoyişçilarning aytişiça, toliblar Panjşer viloyatining Anava aholi yaşaş punktida begunoh bir fuqaroni otib öldirgan. Panjşer Xavfsizlik boşqarmasi boşliği Abdul Hamid Xurosoniy aholidan biri notöğri maʼlumot tufayli “Tolibon” tomonidan öldirilganini tasdiqlagan.
“U xavfsizlik kuçlari tomonidan olingan notöğri maʼlumotlar asosida öldirilgan. Odamlar norozilik bildirib, gubernatorlik binosi oldiga kelişdi. Islom Amirligi rahbariyati xalqqa bunday harakatlarga yöl qöygan har qanday şaxs javobgarlikka tortilişiga vaʼda berdi”, deyiladi idora rahbari bayonotida.
Namoyişçilar “Tolibon” adolatni taʼminlaşi va aybdorlarni javobgarlikka tortişi kerakligini taʼkidlagan. Xurosoniyning aytişiça, mahalliy rasmiylar namoyişçilar bilan gaplaşgan va namoyiş keça, 26 dekabr kuni keçqurun yakunlangan.
Maʼlumot uçun, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afğoniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga böysunmay turgan yagona viloyat – Panjşer egallangaç, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni şakllantirdi.
Qayd etiş kerakki, toliblar Afğonistonda hokimiyatga kelgaç, minglab afğonlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afğonistonda tarafdorlari köpligiga şubha yöq, biroq ular hokimiyatga kelgaç köplab qiyinçiliklarga uçramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yöqotişlar katta.









