Toşkentdan Moskvaga uçgan samolyot dron hujumi tufayli Qozonga qöndi

Toşkentdan Moskvaga uçgan samolyot dron hujumi tufayli Qozonga qöndi

Bugun, 28 may kuni “Aeroflot” aviakompaniyasining Toşkentdan Moskvaga uçayotgan SU1871 reysi dronlar hujumi sababli Qozon şahriga yönaltirildi. Bu haqda “Ostorojno, novosti” xabar berdi.

Manbaga köra, samolyot tungi soat 03:00 da havoga kötarilgan va 04:55 da Qozonga qöngan. Şundan buyon yölovçilar samolyot içida qolmoqda – ular taşqariga çiqarilmagan. Şuningdek, Moskvaga uçiş vaqti haqida heç qanday maʼlumot berilmagan.

“Bizga hatto yengil tamaddi ham berilmadi, nima bölayotgani haqida heç narsa aytişmayapti! Havo hududi allaqaçon oçilgan bölsada, ikki soat oldin bizni samolyotdan tuşirişmoqçi ekanliklarini aytişdi, keyin esa yana kutişimiz kerakligini bildirişdi”, degan yölovçilardan biri.

Keyinroq, yölovçilarga yaqin 12 soat içida Moskvaga uçiş rejalaştirilmayotgani maʼlum qilingan. Bunga sabab qilib, ekipajning iş vaqti tugagani va Qozon aeroportining haddan taşqari yuklama ostida ekani, şuningdek, yölovçilarni tuşirişga ruxsat berilmayotgani aytilgan.

Teglar:
×