Keça, 12 yanvar kuni ikki vazn toifasida UFC sobiq çempioni Konor Makgregorning Dublindagi 2 million funt qiymatga ega qovoqxonasi hujumga uçragan.
Guvohlar barga skuter minib kelgan ikki erkak haqida maʼlum qilişgan. Voqea joyida yondiruvçi bombalar ham qoldirilgan. Jinoyatçilar tunda muassasaga taşrif buyurgan Makgregorni öşa paytda bar içida bölgan, deb öylagan bölişi mumkin.
Keltirilişiça, vayronagarçiliklar kuzatilmagan va heç kim jabrlanmagan.
Eslatib ötamiz, hozirda Makgregor musobaqalarda qatnaşmayapti, çunki u 2021 yil iyul oyida ötkazilgan UFC 264 turniri doirasida oyoğining goleynostop qismini sindirib olgan edi.









