Ukraina Mudofaa vazirligi va Turkiyaning Baykar kompaniyasi Ukrainada "Bayraktar" dronlarini taʼmirlaş va texnik xizmat körsatiş böyiça servis markazini quriş böyiça şartnoma imzoladi. Bu haqda Ukraina mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
“Xizmat körsatiş markazining yaratilişi Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlaşga salmoqli hissa bölib, ğalabamizni yaqinlaştirişga yordam beradi”, deydi Mudofaa vazirligi ştat kotibi Konstantin Vaşçenko.
Şuningdek, u markaz “yaqin vaqt içida” taşkil etilişini qöşimça qilgan.
Maʼlumot uçun, Baykar tomonidan Ukrainada dron işlab çiqaradigan zavod qurilişi 2022 yilda eʼlon qilingan. Turk kompaniyasining Ukrainadagi işlab çiqarişga kiritgan jami sarmoyasi 95 million dollardan oşadi.
Eslatib ötamiz, Turkiyaning Baykar kompaniyasi boş direktori Haluk Bayrakdor 2025 yilda Ukrainada "Bayraktar TB2" va "Bayraktar Akinji" jangovar uçuvçisiz samolyotlarini işlab çiqariş boşlanişini aytgandi. Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamişin esa Baykar kompaniyasi bilan uçta yangi şartnoma imzolaganini bildirgan.









