Turkiyada nom qozongan bloger Yusuf Oqtoş özining yangi klipidan olingan barça daromadni xospis va xayriya jamğarmalariga topşiradi.
Yusuf Oqtoş ( Reynmen sifatida maşhur bölgan) Turkiyadagi eng nom qozongan blogerlardan biri hisoblanadi. Uning birinçi xiti «Derdim Olsun» («Bu mening muammoim böla qolsin») ni yarim yil içida 228 million marta körişgan, deb yozmoqda Yeni Şafak.
ansar.ru maʼlumotlariga köra, «Ela» («Oç kulrang» – gap köz rangi haqida bormoqda) qöşiği Yusufning ikkinçi kompozitsiyasi böldi. Bor-yöği ön kun içida videorolikni deyarli 60 million marta körişgan va ikki milliondan ortiq layk yiğgan. Ayni damda klipdan tuşgan daromad 20 ming dollarni taşkil etdi.
«Ela» klipidan topilgan mablağlarni men xospislar va xayriya jamğarmalariga beraman», - taʼkidlaydi Oqtoş.
YouTube kanalidagi Yusufning videosi ikki yil içida jami 500 million marta tomoşa qilingan. Şuningdek uning Instagram ijtimoiy tarmoğida 6 millionga yaqin obunaçisi bor.
Taʼkidlaş lozimki, şu yilning bahorida Oqtoş Saudiya Arabistonida Umra amallarini bajarib keldi. Yusuf faol ravişda xayriya işlari bilan şuğullanmoqda va öz auditoriyasiga namuna bölmoqda.
Özbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati









