"Yutuqli öyin"lar ortidagi firibgarlik foş etildi

"Yutuqli öyin"lar ortidagi firibgarlik foş etildi

Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahrida yaşovçi bir neça fuqarolar IIOga murojaat qilib "Telegram" messenjeridagi "Yutuqli aktsiya" guruhiga aʼzo ekanliklari va guruh administratori tomonidan ularga yuborilgan ""Iphone X" sohibiga aylandingiz! Yutuqni qölga kiritiş uçun poçta pulini tölang" mazmunidagi xabarga işonib, yuborilgan bank kartasi hisobiga 150.000 söm ötkazib berişganligini, ammo heç qanday yutuqni qabul qilib olişmaganliklarini maʼlum qilişgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, uşbu jinoyat Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahrida yaşovçi 39 yoşli (erkak) fuqaro Ğ.R. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, Ğ.R.ning sodir etilib foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş yuzasidan tezkor-suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.


Teglar:
×