Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi fuqarolarni taqiqlangan hududlarda çömilişdan ogohlantirib, ayni paytda viloyat hududidagi suv havzalarida qutqaruvçilar tomonidan 4 nafar fuqaro qidirilayotganini bildirdi.
Boşqarma xabariga köra, Norin tumanidan oqib ötuvçi Qoradaryoda 2011 yil va 2009 yilda tuğilgan voyaga yetmagan 2 nafar öğil bolalar suvda qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan suv osti va tuman yonğin-qutqaruvçilar tomonidan suv usti qidiruv işlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari viloyatning Uçqörğon tumani hududidan oqib ötuvçi «Katta Andijon» kanalida 17 iyul kuni 1993 yilda tuğilgan fuqaro, 23 iyul kuni esa Pop tumani Sirdaryo daryosida 1973 yilda tuğilgan fuqarolar çökib ketganlikda gumon qilinib qidirilmoqda.









