Talonçilar tufayli qutqaruvçilar Turkiyani tark eta boşladi – OAV

Talonçilar tufayli qutqaruvçilar Turkiyani tark eta boşladi – OAV

Turkiyadagi zilzila qurbonlariga yordam berayotgan qutqaruvçilar talonçilar tufayli mamlakatni tark eta boşladi. Bu haqda “Turkiye Gazetesi” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Isroilning “Yunayted Hatzalah” qidiruv-qutqaruv guruhi olti kunlik muddatdan söng guruhga nisbatan xavfsizlikka jiddiy tahdid mavjudligi sababli Turkiyani tark etgan.

“Yunayted Hatzalah” guruhi ijroçi direktori Eli Pollak va operatsiyalar böyiça vitse-prezident Dov Mayzel Isroil delegatsiyasiga aniq va bevosita tahdid haqida razvedka maʼlumotini olganini va xodimlar xavfsizligini birinçi öringa qöyiş kerakligini aytgan.

“Biz Turkiyaning Suriya çegarasiga yaqin hududiga öz jamoamizni yuborişda maʼlum darajadagi xavf borligini bilardik, hayotimizni saqlab qoliş maqsadida xavfni yumşatiş uçun zarur çoralarni kördik”, deydi Mayzel. 

Turkiya Adliya vazirligi maʼlumotlariga köra, talonçilar tabiiy ofatdan keyin köçalarda faollaşgan. Odamlar dökonlarni talon-toroj qilib, qurbonlardan qimmatbaho narsalarni olmoqda. 

Şuningdek, köçalarda turli guruhlar örtasida töqnaşuvlar boşlanib, zilziladan zarar körgan hududlarda öq ovozlari eşitilib turibdi.

“Deutsche Welle” naşriga köra, Avstriya Qurolli kuçlari vakillari ham xavfsizlikning yöqligi hamda qurolli talonçilar guruhlari va davriy otişmalar tufayli harbiylar, qutqaruvçilarning hayotiga tahdid mavjudligi sababli Turkiyadagi zilzila zonasini tark etayotganini maʼlum qilgan.

Ikki nemis yordam taşkiloti ham Turkiyadagi qutqaruv işlarini xavfsizlik nuqtai nazaridan va odamlar guruhlari örtasidagi töqnaşuvlar hamda otişmalar sababli töxtatgan. 

Germaniya Xalqaro qidiruv va qutqaruv taşkiloti hamda Federal texnik yordam agentligi Turkiya vaziyatni xavfsiz deb baholagan zahoti öz işlarini davom ettirişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-şarqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bölgan ikkita zilzila sodir böldi. Vayronkor zilzila qöşni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Şimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Şundan söng, Prezident Rajab Toyib Erdöğan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik motam eʼlon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat böylab yarimga tuşirildi.


Teglar:
×