Namanganda 27 yoşli yigit Sirdaryo daryosida çökib ketdi

Namanganda 27 yoşli yigit Sirdaryo daryosida çökib ketdi

Namangan viloyati Namangan tumani “Oq yer” MFY hududidan oqib ötuvçi Sirdaryo daryosida 27 yoşli yigit çökib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 12 iyul kuni soat 18:26 da 112 qisqa raqami orqali kelib tuşgan murojaatga köra, Farğona viloyati Uçköprik tumani “Puçuğoy” MFYda yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan fuqaro Sirdaryo daryosida çömilayotgan vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida suvda çökib ketgan.

Maʼlum qilinişiça, mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi qutqaruvçi ğavvoslari tomonidan suv ostida, Namangan tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin-qutqaruvçilari tomonidan esa suv ustida qidiruv işlari uzluksiz olib borilmoqda.

Qidiruv işlari yakuni böyiça qöşimça maʼlumot taqdim etilişi qayd etilgan.


Teglar:
×