Özbekiston fuqarolari Rossiya tomonidan uruşga jönatilayotgani haqidagi maʼlumotga munosabat bildirdi

Özbekiston fuqarolari Rossiya tomonidan uruşga jönatilayotgani haqidagi maʼlumotga munosabat bildirdi

Rossiya Donetsk viloyatida Özbekistondan kelgan quruvçilarning pasportlarini olib qöyib, ularni “köngilli” sifatida uruşga yuborgani haqida xabar berilgan edi. Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Unga köra, Ukraina Qurolli Kuçlari Boş ştabi tomonidan Özbekiston fuqarolarini Rossiya qöşinlari safiga köngilli sifatida majburan safarbar etilayotgani töğrisida çop etilgan maʼlumot yuzasidan Ukrainadagi elçixona mazkur davlat Taşqi işlar vazirligiga tegişli sörov yubordi.

Uşbu masala diplomatik vakolatxona tomonidan doimiy nazoratga olingan bölib, Ukraina tomonidan yuqoridagi maʼlumot tasdiqlangan taqdirda, fuqarolar manfaatlarini himoya qiliş böyiça kerakli barça çora-tadbirlar köriladi


×