Rossiya elçixonasi özbekistonliklar uruşga jönatilişi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Rossiya elçixonasi özbekistonliklar uruşga jönatilişi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston, Qirğiziston va Tojikistonning Rossiyadagi fuqarolari majburiy tarzda harbiy xizmatga çaqirilişi haqidagi xabar tarqalgandi. Bunga Rossiya Içki işlar vaziri imzosi bilan tasdiqlangan buyruq suratlari sabab bölgandi.

Rossiyaning Özbekistondagi elçixonasi mazkur xabarlarga munosabat bildirib, uni “feyk” deb atadi.

“Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligining soxta buyruğiga tayanib, Rossiyada vaqtinça bölib turgan Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston fuqarolari qisman safarbar qilinişi, agar şartnoma tuzişdan boş tortsa, göyoki ularning işlaşga ruxsatnomalari bekor qilinişi va deportatsiya qilinişi haqidagi notöğri xabarlar tarqatilmoqda. 
Rossiya Federatsiyasi hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolarini turli daʼvatlarga ergaşmaslikka, faqat rasmiy maʼlumotlarga eʼtibor qaratişga çaqiramiz”, deyiladi diplomatik missiya xabarida.

Qayd etiş kerakki, surati tarqalgan hujjatda migrantlarni harbiy xizmatga jalb qiliş, ular buni rad etsa, ularning işlaş ruxsatnomasini bekor qilib, mamlakatdan çiqarib yuboriş haqida söz borgan.


×