Özbekiston Qirğizistonga Qizil kitobga kiritilgan 15 boş jayron sotdi

Özbekiston Qirğizistonga Qizil kitobga kiritilgan 15 boş jayron sotdi

Joriy yilning oktyabr oyida Özbekiston Qizil kitobga kiritilgan jayrondan 15 tasini Qirğizistonga sotadi. Bu haqda keça, 22 sentyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Qirğiziston Fanlar akademiyasi Biologiya instituti umurtqali hayvonlar laboratoriyasi boşliği Asqar Davlatbekov maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, Qirğizistonda Qizil kitobga kiritilgan jayronning populyatsiyasi yöq bölib ketgan. Hatto Sovet ittifoqi davridayoq köpi qirib taşlangan.

“Jayronlar ilgari Çuy vodiysida, tekisliklarda yaşagan. Bugun ular umuman yöq. Şuning uçun biz ularni boşqa davlatlardan olib kelişimiz kerak. Ayni vaqtda Qozoğiston va Ozarbayjon kabi davlatlar bilan muzokara ötkazyapmiz”, degan Asqar Davlatbekov.

Uning aytişiça, Özbekiston 15 boş jayronni oktyabr oyining örtalarida Qirğizistonga yetkazib beradi. 

“Hayvonlar grand hisobidan sotib olinmoqda. Ular bir muddat maxsus joyda saqlanadi va keyinroq avval yaşagan hududlariga qöyib yuboriladi”, deydi u.

Qayd etiş keraki, Özbekistonning vakolatli idoralari Qirğizistonga jayron yetkazib beriş böyiça heç qanday maʼlumot bermagan.

Maʼlumot örnida, jayron Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan sut emizuvçilar oilasiga kiradi. Uni ovlaganlarga katta jarima miqdori belgilangan.

×