Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoyga taşrifning ikkinçi kunidagi tadbirlar doirasida “China Energy Engineering Corporation” raisi Sun Xaylyan bilan uçraşuv ötkazdi.
Zamonaviy energetika, infratuzilma va sanoat obʼektlarini loyihalaştiriş va quriş borasida katta tajribaga ega Xitoyning «China Energy» yetakçi korporatsiyasi dunyoning köplab mamlakatlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oşirmoqda. Kompaniya aktivlarining qiymati 150 milliard dollardan ortiq.
Uçraşuvda kompaniya Özbekiston energetikasini texnologik modernizatsiya qilişda faol iştirok etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
«China Energy» Qaşqadaryo va Buxoro viloyatlarida quyoş va şamol elektr stantsiyalari, Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stantsiyasini quriş loyihalarini amalga oşirmoqda.
Kompaniya Navoiy viloyatida gibrid elektr stantsiyasini barpo etişda iştirok etiş niyatida.
Bundan taşqari, joriy yil sentyabr oyida Samarqand viloyatida tsement işlab çiqariş böyiça zamonaviy quvvatlar birgalikda işga tuşirildi.
“China Energy” bilan şeriklik istiqbollari, şu jumladan infratuzilma obʼektlarini modernizatsiya qiliş, energiyani saqlaş tizimlarini taşkil etiş, energetika tarmoğini 2030 yilgaça rivojlantiriş dasturi doirasida malakali mutaxassislarni tayyorlaş masalalari muhokama qilindi.
Suv xöjaligida kooperatsiya qiliş, sanoatning turli tarmoqlarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş böyiça kompleks dasturni tayyorlaş yuzasidan kelişuvga erişildi.









