Özbekiston byudjetni qöllab-quvvatlaş uçun $600 mln qarz oldi

Özbekiston byudjetni qöllab-quvvatlaş uçun $600 mln qarz oldi

Özbekiston Moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki örtasida byudjetni qöllab-quvvatlaş loyihasi doirasida 500 mln dollar miqdorida qarz bitimi imzolandi. Kelişuv Samarqand şahrida bölib ötayotgan II Özbekiston xalqaro iqtisodiy forumi doirasida imzolandi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Şuningdek, Moliya vazirligi va OTB Orol dengizi havzasi sektorida iqlimga moslaşgan suv resurslarini boşqariş loyihasi yuzasidan 3,3 mln dollar (grant) miqdorida qarz kelişuviga erişdi.

OTB hamda Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi va Davlat xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi OTB maslahat kömagida Buxoro issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qiliş loyihasi doirasida dastlabki qiymati 100 mln dollar miqdoridagi hamkorlik bitimini ham imzoladi.

Bundan taşqari, Moliya vazirligi va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) byudjetni qöllab-quvvatlaş loyihasi doirasida 100 mln dollar miqdoridagi qarz kelişuviga erişdi.


×