"Xalqimizning ongi, dunyoqaraşi özgargani, uning qalbida öziga, ertangi kunga işonç paydo bölgani – bu bizning eng katta yutuğimiz.
Özini özgartira olgan xalq, heç şubhasiz, hayotni, ijtimoiy muhitni ham özgartira oladi, öz murod-maqsadlariga albatta yetadi.
Mana şunday uluğ eʼtiqod bilan yaşayotgan xalqqa rahbar bölib, uni yoruğ manzillar sari boşlaş men uçun ulkan baxt, ulkan şarafdir.
Hayotimning maʼno-mazmuniga aylangan buyuk maqsad – Yangi Özbekistonni, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş yölida sizlar bilan, butun xalqimiz bilan birga tinimsiz işlaşga, bor kuç-ğayratim, bilim va salohiyatimni safarbar etişga tayyorman.
Men bilan bir safda sizlardek aziz qadrdonlarim, duogöy otaxon va onaxonlarimiz, azamat aka-ukalarimiz, mehribon opa-singillarimiz, azmu şijoatli yoşlarimiz borligi menga bitmas-tuganmas kuç-ğayrat, ruh va ilhom beradi.
Işonçim komil, barçamiz birgalikda Yangi Özbekistonni – inson qadri ustuvor bölgan jamiyat va xalqparvar davlatni albatta quramiz!
Barçamizni mana şunday uluğ maqsadlar yölida birlaştirgan xalqimiz, Vatanimiz doimo omon bölsin!
Barça ezgu işlarimizda Yaratganning özi madadkor bölsin!
Yaşasin Özbekiston! Yaşasin Özbekiston xalqi!", dedi Prezident Şavkat Mirziyoyev sözining yakunida.









