AQŞ bizning mağlubiyatimizni istayapti – Taremi

AQŞ bizning mağlubiyatimizni istayapti – Taremi

Eron terma jamoasi sardori Mehdi Taremi JÇ sönggi tur bahsidan keyingi matbuot anjumanida FIFA’ning vaziyatni boşqarişini tanqid qilib, AQŞga kiriş vizasi berilmagan 11 nafar jamoa rasmiysi masalasini eslatdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.


Taremining aytişiça, bu turnir avval boşdan nizo va muammolar bilan boşlangan.

“Boşidanoq bu muammoli Jahon çempionati böldi. FIFA bu yerdagi barça muammolarni hal qilişi kerak edi, ammo afsuski, bu masalani turnir boşlanganidan beri hal qila olmadi. Janob Infantino birinçi öyindan keyin kiyiniş xonamizga kelib: “Bu hali boşlanişi”, degandi. Biroq ertaga guruh bosqiçi tugaydi, bizda esa logistika xodimlarimiz yöq, çunki ular viza ololmadi. Bu qanday bölişi mumkin?” degan Taremi.

Undan AQŞ va FIFA Eronning turnirni tark etişini istayaptimi, deb söralganda, futbolçi şunday bölişi mumkinligini inkor qilmagan.

“Bu yerda biz hamma narsaga qarşi kuraşişimizga töğri kelyapti. Odamlar nima öylayotganini bilmayman, ammo bizning nuqtai nazarimizdan qaraganda, ha, menimça, ular şunday bölişini istaydi”, degan u.


Teglar:
×