Avvalroq, “Surxon” futbol klubining maʼmuriy boşqaruv ofisiga futbol klubining sobiq futbolçilari Javohir Esonqulov va Akrom Xöjayev taşrif buyurgani, klub ofisida klubning ayrim xodimlari va mazkur futbolçilar örtasida janjal yuz bergani haqida xabar berilgandi.
Uşbu vaziyat böyiça bugun Özbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati va masʼul mutaxassislari iştirokida maxsus yiğiliş bölib ötdi.
“Özbekiston futbol assotsiatsiyasi bu kabi salbiy holatlarni keskin qoralaydi. Mazkur şaxslarning masʼuliyatsizligi va etika normalariga rioya qilmasligi özbek futboli imijiga putur yetkazmoqda”, deyiladi ÖFA xabarida.
Ayni vaqtda uşbu holat tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda. Şuningdek, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi ham tayinlangan.
Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar ÖFA tomonidan “Surxon” futbol klubi boş direktori Azamat Abdurahmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolçilar Asror Ğofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xöjayev futbol bilan boğliq har qanday faoliyatdan çetlaştirilgan.
Şu bilan birga, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi barça futbol klublari rahbariyatiga öz jamoalarida qatʼiy intizomni saqlaşni va har qanday vaziyatda ham etika normalariga rioya qilişni tavsiya etgan.









