Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makronning qarorgohiga poçta orqali kesilgan odam barmoğini jönatişdi. Bu haqda “Valeurs Actualles” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Frantsiyada Bastiliyaning egallanişi (14 iyul) bayrami arafasida Parijdagi Frantsiya Prezidentining ofisiga xatjild içida kesilgan barmoq jönatilgan.
Mazkur xat Yelisey saroyining yozişmalar bölimiga 9 iyuldan 10 iyulgaça bölgan vaqt oraliğida kelib tuşgan.
Xavfsizlik xizmati vakillarining xabar berişiça, barmoq solingan konvert saroydagi politsiya xodimlarining ovqatlari saqlanadigan muzlatkiçga qöyilgan.
Kesilgan barmoq kimga tegişliligi zudlik bilan aniqlangan. Şundan söng muammoli holatlar böyiça tegişli tartib işga tuşirilgan.
“Zudlik bilan muammoli vaziyatlar böyiça tegişli tartib joriy qilindi. Şundagina uşbu şaxs vakolatli xizmatlar tomonidan nazoratga olinişi va tibbiy tekşiruvdan ötkazilişi mumkin edi”, deyiladi naşr manbasining xabarida.
Yelisey saroyi holat yuzasidan qöşimça maʼlumotlarni taqdim etişdan boş tortgan.
Maʼlumot uçun, yaqin bir yil içida Frantsiyada ikkita katta kölamdagi norozilik namoyişlari bölib ötdi. Ulardan biri Prezidentning pentsiya yoşini oşiriş töğrisidagi islohotiga qarşi bölsa, boşqasi yaqinda mamlakatda 17 yoşli asli jazoirlik ösmirning politsiya tomonidan otib öldirilişi ortidan kelib çiqdi. Aynan şu namoyişlar bostirilganiga bir oy ham bölmagan bir paytda Prezident qarorgohiga kesilgan barmoq jönatildi.
Eslatib ötamiz, yaqinda Makronning vertolyotiga pirotexnika vositasini uloqtirgan şaxs uşlangandi.









