24 yanvar, juma kuni Toşkent IIBB xodimlari tomonidan içki işlar idoralari xodimlarining qonuniy talablariga böysunmagan va hujjatlarni taqdim etişdan boş tortgan şaxslarni tekşiriş paytida ulardan 39 ta piçoq olib qöyildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, soat 23:30 atrofida Bektemir tumanidagi «Qöyliq» bozori yaqinida bir erkak hujjatlarini tekşiriş uçun töxtatilgan vaqtda uning xatti-harakatlari içki işlar organlari xodimlarida şubha uyğotdi. U şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etişdan boş tortdi va yaqin atrofdagi içki işlar bölimiga boriş söralganida, yaşirinişga harakat qildi. Toşkent viloyati Zangiota tumanida yaşovçi 24 yoşli X.I. bilan ötkazilgan tekşiriş paytida uning ustki kiyimining çöntagidan piçoq topildi. U piçoqni qanday maqsadda olib yurganini tuşuntirib bera olmadi.
Xuddi şu kuni Sergeli tumanida soat 02:10 atrofida patrul-post xizmati xodimlari 33 yoşli K.B.ni hujjatlarini tekşiriş uçun töxtatdi. U hujjatlarini taqdim etiş söralganida özini juda tajovuzkor tutdi. Şaxsiy tintuv paytida erkakning yonidan piçoq çiqdi. Vaziyatni aniqlaştiriş uçun u tuman içki işlar bölimiga olib borilgan.
Taxminan soat 10:50 atrofida Şayxontohur tumanida «Hadra milliy taomlar» kafesi yaqinida yana bir erkakning xatti-harakatlari IIBB xodimlari eʼtiborini tortdi. Tekşiruv vaqtida Andijon viloyatidan bölgan 40 yoşli B.K. şimining çöntagida piçoq olib yurgani aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar tuzildi. Toşkentda ötkir buyumlarni olib yuriş va ular yordamida tan jarohatlari yetkazilişiga qarşi profilaktika çoralari davom ettiriladi, deyiladi xabarda.
Manba: daryo. uz









