Bu işlarni ön kun içida yakunlamasak, keyin keç böladi – Prezident

Bu işlarni ön kun içida yakunlamasak, keyin keç böladi – Prezident

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 14 aprel kuni qişloq xöjaligi tarmoqlarini yanada rivojlantiriş, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Hozirgi global inqiroz va pandemiya şaroitida aholi bandligi va daromadini taʼminlaş, iqtisodiy barqarorlikni saqlaşda qişloq xöjaligi eng köp imkoniyatga ega soha hisoblanadi.

Xalqaro ekspertlarning fikriga köra, pandemiya oqibatida oçarçilikdan qiynalayotgan aholi soni 2 barobarga oşib, 1 milliard 600 millionga yetadi.

Mamlakatda içki talabni töliq taʼminlaş bilan birga eksportni oşiriş uçun ham katta imkoniyatlar bor. Sönggi uç yilda sohada manfaatdorlikni oşiriş, oddiy qilib aytganda, dehqon va fermerni boy qiliş uçun barça masalalar hal qilib berildi. Endi mutasaddi rahbarlaru mirişkorlar ham hosil va daromadni köpaytiriş uçun yangiça işlaşi zarur.

Bu yil qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sohasi vakillari uçun katta sinov va keng imkoniyatlar yili böladi. Pandemiya va karantin qança vaqt davom etişidan qatʼi nazar, aholining oziq-ovqatga bölgan ehtiyoji kamaymaydi. Şu bois meva-sabzavotçilik va çorvaçilik tarmoqlarida mahsulot yetiştiriş hajmini ikki barobarga oşiriş vazifasi qöyilmoqda.

Yiğilişda meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan 55 ta tuman, 86 ta klaster va 125 ta kooperativ bu borada yetakçi bölişi kerakligi taʼkidlandi. Boğ va tokzorlarda qator oralari, takroriy maydonlarning har bir qariçidan samarali foydalanib, 2-3 marta hosil olişni yölga qöyiş zarurligi qayd etildi.

Qişloq xöjaligi vazirligi, Boğdorçilik hamda Uzumçilik agentliklari sabzavot, poliz va boşqa turdagi ekinlar ekilişini taşkil etiş uçun masʼul etib belgilandi.

Içki işlar vazirligiga karantin qoidalariga amal qilgan holda, qişloq xöjaligi va işlab çiqariş bilan boğliq avtotransport vositalarining erkin harakatlanişini taʼminlaş böyiça topşiriq berildi.

Mahsulot hajmini oşiriş uçun joriy yilda 124 ming gektar oborotdan çiqqan yerlarni töliq özlaştiriş lozim.

Bugungi kunda Baxmal tumanida 3 ming gektar, Qöşrabot tumanida 5 ming gektar, Beşariq tumanida 2 ming gektar oborotdan çiqqan yerda quduqlar qazilib, boğ va tokzorlar barpo qiliş boşlangan. Bunday loyihalarni boşqa hududlarda ham amalga oşiriş, suv çiqarib, lalmi yerlarni özlaştiriş zarurligi taʼkidlandi.

Bu maqsadlar uçun Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligi hamda Uzumçilik va vinoçilikni rivojlantiriş agentligi jamğarmalariga 300 milliard söm ajratiladi. Taşkil etilgan boğ va tokzorlar, issiqxonalar aholiga 3 yillik imtiyozli davr bilan, 7 yilgaça lizing asosida beriladi.

Yana bir yönaliş – özlaştirilgan yerning ijara huquqi muayyan oziq-ovqat turini yetiştiriş şarti bilan 5-10 yilga sotiladi. Bundan tuşgan mablağ yangi yerlarni özlaştirişga sarflanadi.

Yiğilişda uruğlik va mineral öğitlar taʼminoti muammosi ham tahlil qilindi. 

Bugungi kunda ekin uruğlarining 25-30 foizi xorijdan olib kelinadi, qolgan qismi esa dehqonlar tomonidan turliça tayyorlanadi.

Xitoyda eksportbop dukkakli ekinlardan 30-40 tsentner hosil olinsa, Özbekistonda 20 tsentnerdan oşmaydi, ayrim hududlarda esa 7-8 tsentnerni taşkil qiladi, xolos.

Pandemiya şaroitida uruğliklar taʼminotida uzilişlar bölmasligi kerakligi aytib ötildi.

Har yili Özbekistonga 300 ming tonnaga yaqin kartoşka, şuningdek, 10-15 ming tonna uruğlik kartoşka çet eldan olib kelinadi. Şu bois Qörğontepa, Baxmal, Zomin, Şahrisabz, Kitob, Yangiqörğon, Bulunğur, Böstonliq tumanlari uruğlik kartoşka yetiştirişga ixtisoslaştirilişi belgilandi.

Tizimdagi yana bir muammo – meva-sabzavot yetiştiriş uçun 255 ming tonna fosforli, 290 ming tonna azotli öğit yetişmaydi. Şuningdek, öğitlarning birja savdolari orqali sotilişi ham dehqonlarga qator qiyinçiliklarni tuğdirmoqda.

Şu bois “Özkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyatiga meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan 55 ta tumanda öğit dökonlari taşkil etiş vazifasi qöyildi.

“Ekinlarni ekişga oz muddat qoldi. Bu işlarni ön kun içida yakunlamasak, keyin keç böladi. Mablağ bölmasa, ekin ham bölmaydi”,  deydi davlat rahbari.

Şundan kelib çiqib, meva-sabzavot yetiştiriş va sotib olişga alohida moliyalaştiriş tizimini joriy etiş böyiça körsatma berildi.

Serquyoş Özbekistonda aprel oyining ikkinçi yarmida kökat, pomidor, bodring, may oyida esa gilos va örik tayyor böladi. Eksportning 60-70 foizi uşbu mahsulotlarga töğri keladi.

Mutasaddilarga meva-sabzavotlar eksporti böyiça tumanlar va xöjaliklar kesimida aniq hisob-kitob qilib, pandemiya şaroitida yuzaga keladigan masalalarni qisqa muddatda hal qilib boriş böyiça topşiriqlar berildi.

Mamlakatda çorvaçilikni rivojlantirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent viloyatining Ohangaron tumanini şu tarmoqqa ixtisoslaştiriş böyiça alohida qarorlar qabul qilindi. Umuman, tarmoqda oldingi yillarda bölmagan rağbatlantiriş mexanizmi yölga qöyildi. Naslli mollar uçun 2 million sömgaça, naslli qöy va eçkiga 400 ming sömdan subsidiya ajratiş mexanizmi joriy etildi. Joylarda zamonaviy çorva komplekslari işga tuşirilmoqda.

Prezident endi mahsulot işlab çiqarişni köpaytiriş bilan birga import qilinayotgan tovarlar örnini qoplaş zarurligini taʼkidladi.

Ozuqa işlab çiqaradigan korxonalar, qoramol boqiş böyiça oilaviy kooperatsiyalarni köpaytiriş böyiça vazifalar qöyildi. Har bir viloyatda naslli qoramol tayyorlaş va sotişga möljallangan xöjaliklar taşkil etilişi belgilandi.

Parrandaçilikda ham ozuqa taʼminotini mustahkamlaş va aholi bilan kooperatsiyani rivojlantiriş kerak.

Yiğilişda qayd etilganidek, kooperatsiya asosida xonadonlarda parranda boqiş tajribasi keng joriy etiladi. Bunda parrandaçilik korxonasi xonadonga uç kunlik jöjalarni tarqatib, ozuqasini yetkazib beradi. Qirq kundan keyin kooperatsiyaning özi göştni markazlaşgan holda sotib oladi.

Maʼlumki, baliqçilik uçun ham barça huquqiy-taşkiliy asoslar yaratilgan. Ötgan yili yurtimizda 200 ming tonna baliq yetiştirilgan.

Bugungi kunda 38 ming gektar sunʼiy suv havzalarining atigi 0,6 foizida intensiv baliqçilik taşkil etilgan. Qolaversa, ularda hosildorlik darajasi pastligiça qolmoqda.

Yiğilişda bu yil baliq yetiştirişni kamida 350 ming tonnaga yetkaziş, sunʼiy havzalardan foydalaniş samaradorligini oşirib, baliqçilik xöjaliklari va qayta işlaş korxonalari taşkil qiliş böyiça qator topşiriqlar berildi.

Asalçilik tarmoğiga eʼtibor qaratilar ekan, bu yil işlab çiqariş hajmini 5 barobarga köpaytiriş, örmon xöjaliklaridagi imkoniyatlarni töla işga soliş muhimligi taʼkidlandi. Aholiga asalari uyalari tarqatib, ulardan mahsulot sotib oladigan asalariçilik klasterlari taşkil qiliş böyiça vazifalar belgilandi.

Qişloq aholisini uy şaroitida iş bilan taʼminlaydigan rezervlardan biri – ipakçilik sohasi. Joriy yilda 382 ming quti ipak qurti boqilişini inobatga olsak, bu kamida 750 ming odamni iş bilan band qiliş degani.

“Özbekipaksanoat” uyuşmasi va Mehnat vazirligiga bu boradagi işlarni samarali taşkil etiş, yaxşi hosil olgan xonadonlarga qöşimça mablağlar ajratiş topşirildi.

“Uşbu çora-tadbirlar natijasida minglab fuqarolarimizni iş bilan taʼminlaş, daromadlarini köpaytirişga erişamiz. Bozorlarimizda mahsulot köp böladi. Har bir vazir, sektor rahbari buni yuragidan ötkazib, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşda mening örnim qanday böladi, degan savolga vijdonan javob berişi kerak”, deydi Prezident.

Videoselektor yiğilişida qişloq xöjaligi tarmoqlari rahbarlari, viloyat hokimlari axborot berdi. Hududlarga biriktirilgan mutasaddilar va hokimlarning pandemiya davrida amalga oşirayotgan işlari tanqidiy körib çiqildi.

Qalampir.uz

×