9 oy içida 78 mlrd sömlik tabiiy gaz öğirlangan

9 oy içida 78 mlrd sömlik tabiiy gaz öğirlangan

Energetika vazirligi 2021 yil 20-24 sentyabr kunlari ötkazgan maxsus reyd davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilayotgan 67 ta holatni aniqladi. Uşbu holatlarda salkam 1 mln 400 ming kub metr tabiiy gaz noqonuniy isteʼmol qilingan.

Qayd etilişiça, 20-24 sentyabr kunlari ötkazilgan maxsus reyd çoğida jami 1 millon 379 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan. Taqqoslaş uçun, uşbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 130 ming xonadonning 1 kunlik gaz isteʼmolini taşkil qiladi. Uşbu noqonuniy foydalaniş holatlarining eng köpi Xorazm, Farğona va Toşkent viloyatlariga töğri keladi.

Şu örinda joriy yilning 9 oyida respublika böyiça jami 2 ming 535 ta tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan. Buning natijasida 86 million 923 ming kub metr yoki 77 milliard 877 million sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu raqamlar qiyoslanadigan bölsa, uşbu miqdordagi hajm hozirgi kunda 40 ming xonadonning qariyib 1 yillik isteʼmolini taşkil etadi.

×