Belarus qöşinlari Rossiyaning Ukraina şarqida , Donbassda boşlagan “maxsus operatsiyasi”da iştirok etmayapti. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukaşenko maʼlum qildi.
“Mana meni öqiganim: “Taxminan ertalab soat 5:00 da Ukrainaning Rossiya va Belarus hududidagi davlat çegarasi Belarus tomonidan qöllab-quvvatlangan rus qöşinlari tomonidan hujumga uçradi.” Yaramaslar, bizning heç qanday qöşinimiz bu operatsiyada iştirok etmaydi”, degan u harbiylar bilan bölib ötgan tezkor yiğilişda.
Rossiya bilan aloqa
Lukaşenkoning xabar berişiça, Belarus Mudofaa vazirligi rahbariyati Ukraina harbiy rahbarlariga Rossiya Qurolli Kuçlarining Donbassdagi operatsiyasi boşlanişidan oldin Rossiya harbiy rahbariyati bilan boğlanişni taklif qilgan. Uning aytişiça, keça, 23 fevral kuni keçqurun Ukraina harbiy rahbariyati vakili Minsk bilan boğlangan. Lukaşenko nomidan Belarus Mudofaa vaziri Ukraina vakili bilan suhbatlaşgan.
“Siz (Belarus Mudofaa vaziri) mening nomimdan unga taklif qildingizki, Prezident Putin bilan uçraşuvdan söng, bizning Prezidentimiz bu qirğin boşlanmasligi uçun zudlik bilan Rossiya Mudofaa vaziri, Boş ştabi bilan boğlanişingizni tavsiya qiladi. U qönğiroq qildimi? Qilmadi”, degan Lukaşenko.
Unga köra, Ukraina Mudofaa vazirligi vakili mojaro boşlanişi mumkinligini bilib ham, Moskvaga qönğiroq qilmagan.
“Eşiting, tarixda Xruşev keçasi Kennediga qönğiroq qilib, termoyadro uruşini töxtatgan holatlar bölgan. Mana, kördingizmi, qönğiroq qiliş, telefon göşagini oliş qiyin edi. Yaramas”, deya xulosa qilgan Lukaşenko.









