Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuçiç mamlakat bir yil içida uzoq masofali ballistik raketalar işlab çiqarişni boşlaşini hamda uşbu masalada Özbekiston bilan hamkorlik qilişga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda u keça, 8 sentyabr kuni Serbiya – Özbekiston biznes-forumida söz oçdi.
“Mudofaa sanoatida katta natijalarga erişişimiz mumkin. Biz mudofaa sanoatimizda ilgarilab boryapmiz, örganyapmiz, baʼzi katta davlatlardan texnologiyalar transferini amalga oşiryapmiz. Şuningdek, boşqa insonlarga ham yordam beryapmiz”, deydi Vuçiç Belgradda ötkazilgan forumning oçiliş marosimida özbekistonlik tadbirkorlarga qarata.
U Mudofaa vazirining moddiy resurslar böyiça yordamçisi Nenad Miloradoviçdan Serbiya qança vaqt içida uzoq masofali ballistik raketalar işlab çiqarişni boşlaşi mumkinligi haqida söragan va Serbiya yaqin masofali raketalarni allaqaçon işlab çiqarayotganini qöşimça qilgan. Bunga javoban Miloradoviç bir yil içida ekanini aytgan.
“Bir yil içida biz uzoq masofali ballistik raketalar işlab çiqarişni boşlaymiz va bu masalada ham siz bilan hamkorlik qilişga tayyormiz. Bu Serbiya aholisiga kamdan kam hollarda aytadigan yangiligimiz, ammo bu bizning ham texnologik, ham ahamiyatli – sanoat sohasidagi ilgarilaşimizdan dalolat beradi. Mutaxassislarimiz köp narsaga erişdi va işonamanki, aytib ötganimdek, bir yil içida buni ham amalga oşira olamiz. Uşbu sohada ham birodarlarimiz va özbekistonlik döstlarimiz bilan hamkorlik qilişga tayyormiz”, deydi Vuçiç.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rasmiy taşrif bilan Serbiyada bölgan edi. Muzokaralar yakunlari böyiça davlat rahbarlari Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladi. Bundan taşqari, ustuvor yönalişlarda erişilgan kelişuvlarni mustahkamlagan salmoqli hujjatlar töplami almaşildi. Şuningdek, Özbekiston yetakçisiga Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordenini tantanali ravişda topşiriş marosimi bölib ötdi. Şu bilan birga, Belgrad köçalaridan biriga “Toşkent” nomi berildi. Işbilarmonlik dasturi doirasida ikki davlat rahbarlari qöşma biznes forumida iştirok etdi.









