Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan 11 may kuni bir guruh tanlangan yoşlar bilan suhbat ötkazib, ularning savollariga javob berdi. Unda davlat rahbaridan tez-tez özining LGBTga qarşi ekanini aytişi, Xalq demokratik partiyasini esa uni qöllab-quvvatlaşda ayblaşi haqida söraldi.
Bunga javoban, Erdöğan Turkiya xalqi oila institutini muqaddas deb bilişi, kuçli xalqlar esa mustahkam oilalardan iborat ekanini taʼkidladi.
“LGBT deb nomlangan narsa oila institutiga qarşi qaratilgan harakatdir. Bu zahar aholisining 99 foizini musulmonlar taşkil etuvçi davlatda qabul qilinişi mumkin emas. Bu bizning zararimizga işlaydi. Saylovdan oldin bu masala böyiça öz qadr-qimmatimiz doirasida LGBTga ijobiy qaray olmaymiz. Çunki oilamizning muqaddasligi baribir bunga yöl qöymaydi. Bu dinimizning talabi ekan, biz ham unga şu yösindan qaraymiz. Biz konstitutsiyaga ham muqaddas oila tuşunçalarini kiritmoqçimiz. Ammo, bunga imkon bölmayapti. Adolat va taraqqiyot partiyasi ölaroq biz bunga oxiriga qadar qarşimiz. Oilani muqaddas köramiz va musulmon sifatida buni diniy nuqtai nazardan qöllab-quvvatlolmaymiz.”, deydi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan Turkiyada matbuot erkinligi yöqligi va jurnalistlarning qamalayotgani haqidagi iddaolarga munosabat bildirgandi.









