Şavkat Mirziyoyevning yangi qarori qabul qilindi

Şavkat Mirziyoyevning yangi qarori qabul qilindi

«Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va işlab çiqarişni integratsiya qiliş orqali sifat va samaradorlikni oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori (PQ–216-son, 07.07.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga köra, 2023 yil 1 sentyabrdan:

- oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş, inson resurslarini rivojlantiriş masalalari yangi taşkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boşqa yirik korxonalar faoliyatini taşkil etişda litsenziya va ruxsat etiş tartib-taomillari şartlaridan biri etib belgilanadi;

- oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida ilmiy loyihalar va dissertatsiyalar mavzularini şakllantiriş hamda ularni Qişloq xöjaligi vazirligi bilan kelişiş tizimi joriy qilinadi.

«Agrobank» ATBning agromarkazlari va fermerlar maktablari, Savdo-sanoat palatasi tizimidagi sanoat parklari va inkubatsion markazlar, Qişloq xöjaligida xizmatlar körsatiş agentligining hududiy bölinmalari, şuningdek, ösimliklar va veterinariya klinikalari tomonidan körsatilayotgan xizmatlarni qamrab olgan holda agroxizmatlar markazlari faoliyati yölga qöyiladi.

Bundan taşqari, Xalqaro qişloq xöjaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya taʼlim tizimi asosida ixtisoslaşgan Xalqaro maktab taşkil etiladi.

Xalqaro maktab yuridik şaxs maqomiga ega bölgan mustaqil nodavlat umumtaʼlim muassasasi hisoblanadi.

Xalqaro maktabga öquvçilar 2023/2024 öquv yilidan 1-sinfdan hamda 5-sinfdan qabul qilinadi.

Şuningdek, qaror bilan quyidagilar taşkil etiladi:

- Toşkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali negizida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

- idoralararo Qişloq xöjaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Centre Of Excellence);

- uşbu markazda biotadqiqotlar va texnologiyalar böyiça zamonaviy laboratoriyalar majmuasi;

- qişloq xöjaligi ekinlarining birlaşgan Genbanki;

- Dala ekinlari uruğçiligi milliy tadqiqot majmuasi direktsiyasi.


Manba

×