Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning xizmatlar sohasini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2021-2023 yillarda Özbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirişning asosiy yönalişlari etib:

  • iqtisodiy ösişni taʼminlaşda xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantiriş va 2023 yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oşiriş;
  • aholiga tayyor biznes rejalar va loyihalar taqdim etiş, ularni kasbga öqitişdan tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişgaça bölgan bosqiçlarni qamrab oluvçi «kompleks xizmatlar» körsatişni taşkil etiş;
  • respublikada xizmatlar sohasining rivojlanganligini baholaş tizimini joriy etiş orqali davlat organlari va taşkilotlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini oşiriş va mansabdor şaxslarning masʼuliyatini kuçaytiriş;
  • xizmatlar sohasida ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, har bir hududning öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib xizmatlar turlarini kengaytiriş, hududlarda, ayniqsa, qişloq joylarda transport, moliyaviy, şuningdek, bank, turizm hamda savdo xizmatlari qamrovini kengaytiriş;
  • respublikaning barça hududlarida mavjud taʼlim va soğliqni saqlaş xizmatlari salohiyatini oşiriş, ularning sifatini yaxşilaş, bunda xususiy sektorni jalb qiliş uçun qulay iqtisodiy va infratuzilmaviy şaroitlarni yaratiş belgilandi.

Şuningdek, 2021-2023 yillarda Özbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirişning maqsadli parametrlari hamda xizmatlar sohasini rivojlantiriş böyiça 2021 yilga möljallangan «yöl xaritasi» tasdiqlandi.

Hududlarda taşabbuskor tadbirkorlarning ğoyalari asosida aholining ehtiyoji mavjud xizmatlarni yölga qöyiş böyiça loyihalarni kiritiş, şuningdek, joylarda mazkur xizmatlarni körsatuvçi «xizmat körsatiş majmualari»ni taşkil etiş belgilandi.

2021 yil 1 iyuldan boşlab respublika hududlarida xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingi joriy etiladi.

Unga köra:

  • xizmat körsatuvçi, şu jumladan, yangi taşkil etilgan subʼektlar soni, xizmatlar hajmi va turlari, yaratilgan iş örinlari, soliq bazasi va boşqa muhim körsatkiçlar asosida tegişli sohalarga masʼul bölgan davlat organlari va taşkilotlari, ularning hududiy bölinmalari rahbarlari va boşqaruv xodimlari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar, Toşkent şahar, tuman (şahar)lar hokimlari va ularning örinbosarlari faoliyatini baholaş;
  • xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingini «BUSINESS INDICATOR» avtomatlaştirilgan onlayn axborot tizimida şakllantiriş, yuritiş va eʼlon qiliş;
  • baholaş natijalarini har yarim yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiş;
  • baholaş natijalari böyiça tegişli taşkilotlarning rahbar va boşqaruv xodimlari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining, viloyatlar, Toşkent şahar, tuman (şahar)lar hokimlari va ularning örinbosarlari ijobiy körsatkiçga ega bölganda – ularni rağbatlantiriş hamda qoniqarsiz körsatkiçga ega bölganda – intizomiy javobgarlikka tortiş közda tutiladi.

Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan xizmatlar sohasini rivojlantiriş uçun tijorat banklariga 300 million AQŞ dollari ekvivalentida kredit liniyasi oçiladi.

Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrga qadar yirik şaharlarda, viloyat va tuman markazlarida taşabbuskor tadbirkorlik subʼektlari bilan hamkorlikda savdo va köngiloçar köçalar taşkil etiladi.

Savdo va köngiloçar köçalarda:

  • köçma savdo obʼektlari uçun joylar tadbirkorlik subʼektlariga elektron onlayn-auktsion asosida sotiş;
  • barça tadbirkorlik subʼektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritiş huquqi beriladi.
×