Prezident qarori (PQ–30-son, 03.12.2021 y.) bilan Toşkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti taşkil etildi.
Qarorga köra, zamonaviy texnologiyalar böyiça çuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş Institutning asosiy faoliyat yönalişlaridan biri sanaladi.
Institut davlat OTM hisoblanib, Toşkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça Institutda öqişni davom ettiradi.
Institut, jumladan:
- xalqaro reytingda birinçi 1 000 talikka kirgan xorijiy OTMning dasturi asosida öz taʼlim dasturlarini şakllantiradi;
- iş beruvçilar talablaridan kelib çiqib öquv rejalaridagi nazariy taʼlim uluşini qisqartiriş hisobiga amaliy maşğulotlar hajmini oşiriradi;
- Institut faoliyati yönalişlari böyiça maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni samarali amalga oşiriş uçun ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat körsatuvçi korxonalarni taşkil etadi;
Institutning ilmiy salohiyatini oşiriş maqsadida 2022/2023 öquv yilidan yetakçi OTMda tegişli magistratura mutaxassisliklari va 2023 yildan tayanç doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlaş çoralari köriladi.









