«Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida» Prezident qarori (PQ–62-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining örinbosari – Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi direktori lavozimi kiritildi.
Agentlikning asosiy vazifalari etib, jumladan, quyidagilar belgilandi:
- respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantiriş borasida yagona davlat siyosatini yuritiş;
- mahallabay işlaşning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlaş, ularni tadbirkorlikka jalb qiliş va öqitiş hamda özini özi band qiliş faoliyatiga yönaltiriş;
- vakolatli davlat organlari va taşkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça tuman (şahar) hokimi yordamçilarining faoliyatini muvofiqlaştiriş.
Qarorga köra, Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi tarkibiga ötkazildi.
Agentlik tarkibida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi taşkil etildi.









