AQŞ Prezidenti Jo Bayden keça, 7 iyul kuni Vaşington kimyoviy qurollarning qolgan zaxiralarini yöq qilganini tasdiqladi.
“30 yildan ortiq vaqt davomida Qöşma Ştatlar kimyoviy qurol zaxiralarini yöq qiliş uçun tinimsiz harakat qildi. Bugun men Qöşma Ştatlar uşbu öq-dorilarning oxirgisini xavfsiz tarzda yöq qilib, bizni kimyoviy qurol dahşatlaridan xoli dunyoga bir qadam yaqinlaştirganini faxr bilan eʼlon qilaman”, deydi AQŞ yetakçisi.
U barça mamlakatlarni Kimyoviy qurol böyiça konventsiyaga qöşilişga çaqirdi. Baydenning taʼkidlaşiça, Rossiya va Suriya ham konventsiyaga rioya qilişga qaytişi va "eʼlon qilinmagan dasturlarini tan olişi" kerak.
Konventsiyaga qöşiliş vaqtida AQŞ zaxiralari 31,5 ming tonnaga baholangan. Amerika kimyoviy qurollarining oxirgi zaxiralari Kentukkidagi Blyu-Grass harbiy omborida saqlangan. Avvalroq ularning yöq qilinişi haqida Kongress yuqori palatasidagi respublikaçilar ozligi yetakçisi Mitç Makkonnell maʼlum qilgan edi.









