AQŞdagi özbek dökonida piçoqbozlik böldi, qurbon bor

AQŞdagi özbek dökonida piçoqbozlik böldi, qurbon bor

16 may kuni Nyu-Yorkning Bruklin tumanida joylaşgan «Navröz» oziq-ovqatlar dökonida ikki erkak orasidagi janjal oqibatida bir kişi piçoqlangan . Mahalliy politsiya maʼlumotiga köra, urilgan piçoq jabrlanuvçining kökragiga tekkan.

U zudlik bilan Maymonidis kasalxonasiga olib ketilgan va köp ötmay olamdan ötgan. Mojaro soat 14:00 atrofida röy bergan.

Maskan bilan taniş özbekistonliklarning aytişiça, voqeadagi şaxslar supermarket işçilari bölgan. Biri ikkinçisini piçoqlagan, deydi jamoa vakillari. Jabrlanuvçi supermarketning göşt sotadigan qismida işlagan.

Politsiyaning tasdiqlaşiça, hujum qilganlikda gumonlangan 30 yoşli şaxs voqea joyida qölga olingan. Hozirda tergov işlari ketmoqda.

Xabarlarga köra, janjallaşgan şaxslarning biri özbekistonlik, ikkinçisi tojikistonlik özbek.

×