Rossiya gazidan voz keçayotgan YEIning rejalari oçiqlandi

Rossiya gazidan voz keçayotgan YEIning rejalari oçiqlandi

Yevropa Ittifoqining Rossiya energiya resurslariga qaramligini kamaytiriş vazifasi juda qiyin, ammo buni amalga oşiriş mumkin. Vaşingtonga YEI buni qanday hal qilmoqçi ekanligi haqida allaqaçon maʼlum qilingan. Bu haqda Yevropa komissiyasi (YEK) raisi örinbosari Maroş Şefçoviç Atlantika kengaşida sözlagan nutqida aytib ötdi.  

U “AQŞ va Yevropa Ittifoqining energiya xavfsizligi sohasida qöşimça özaro hamkorligi” muhimligini taʼkidlagan. 

“Bugun men suhbatdoşlarimga Yevropa davlatlari rahbarlari va hukumatlari qanday kelişuvlarga erişganini batafsil tuşuntirib berdim. Biz Rossiyadan qazib olinadigan yoqilği importiga boğliqlikni imkon qadar va tezroq kamaytirişni istaymiz. Bu nihoyatda muşkul vazifa, ammo mumkin”, degan Şefçoviç AQŞ rasmiylari bilan uçraşuvlar haqida gapirar ekan. 

YEK rahbari örinbosarining sözlariga köra, suyultirilgan gaz yetkazib beriş infratuzilmasini rivojlantiriş zarur böladi. Ötgan hafta Yevropa Komissiyasi yil oxirigaça Rossiyadan gaz sotib olişni uçdan ikki qismga qisqartiriş böyiça takliflarni tarqatgan. 

Şefçoviçning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi operatsiyasini “Yevropa uçun 11 sentyabr” deb baholagan. YEK rahbari örinbosari 2001 yil 11 sentyabrda AQŞda sodir etilgan teraktlarni nazarda tutgan. 

Yevropa gaz omborlarini töldiriş 

“Yevropa Ittifoqi Qöşma Ştatlar bilan Rossiyadan yetkazib berişni töxtatiş niyati munosabati bilan kelasi qişning boşigaça özining 90 foiz gaz zaxirasini töldiriş rejasini muhokama qilmoqda.

Bugun ertalab va tuşdan keyin men bu yerda muhokama qilgan masalalardan biri kelasi qiş boşlanişiga qadar gaz omborlarimizni 90 foizga töldiriş uçun birgalikda nima qilişimiz mumkinligi haqida edi. Biz yaqin ikki yil içida Rossiya yoqilği importiga qaramlikni uçdan ikkiga kamaytiriş uçun hamkorlik qiliş va birgalikda işlaş uçun nima qilişimiz mumkinligi haqida ham gaplaşdik”, deya qöşimça qilgan YEK rahbari örinbosari. 

Unga köra, Yevropa Ittifoqiga Rossiyadan yetkazib berilayotgan gaz örniga 50-60 milliard kub metr gaz kerak böladi. 

Şefçoviçning sözlariga köra, “bu yerda, albatta, qiyin qarorlar qabul qilinişi kerak”. 

“Örta muddatli istiqbolda juda katta hajmdagi gaz talab qilinadi va bu, albatta, bu yil qiyinçilik tuğdiradi. Biz bu qaramlikdan tezroq qutulişning eng yaxşi yölini qidiramiz”, deb taʼkidlagan u. 

Maʼlumot örnida, Şefçoviç keça, 14 mart kuni Vaşingtonda AQŞ Energetika vaziri örinbosari Devid Turk va AQŞ Milliy razvedka boşqarmasi direktori Evril Xeyns, Xalqaro valyuta jamğarmasi boşqaruvçi direktori Kristalina Georgiyeva bilan uçraşgan.

×