Ertaga, 14 oktyabr kuni poytaxtimizda «Aloqabank» aktsiyadorlik tijorat banki Pekin universitetining yangi tarkibiy iqtisodiyot instituti (INSE) bilan hamkorlikda «Özbekistonda sanoat parklari, klasterlarning rivojlanişi va tarkibiy özgarişlar» mavzuida seminar ötkazadi. Unda köplab xalqaro taşkilotlar, Xitoyning nufuzli institutlari, kompaniyalaridan mutaxassislar qatnaşi kutilmoqda.

Mehmonlar orasida «Alibaba» guruhi ilmiy-tadqiqot institutining strategik hamkorlik markazi boş maslahatçisi Uilyam Çeng bor. Bugun Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şuhrat Sodiqov hamrohligida janob Uilyam Çeng poytxatimizdagi IT-Park faoliyati bilan tanişdi.

«Alibaba» guruhi vakiliga bu yerda amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Davra suhbatida AKT vaziri yaqinda faoliyatini boşlagan IT-Parkni Markaziy Osiyodagi eng ilğor markazga aylantiriş maqsad qilingani, buning uçun dunyoga maşhur «Alibaba» singari yetakçi kompaniyalarning iş tajribalari qöl kelişini alohida taʼkidlab ötdi.

Öz navbatida, «Alibaba» guruhi ilmiy-tadqiqot institutining strategik hamkorlik markazi boş maslahatçisi Uilyam Çeng kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan, Özbekistonda öz biznesini yuritişga qiziqişi juda katta ekanligini bildirdi. U Özbekiston raqamli iqtisodiyot böyiça katta salohiyatga egaligini taʼkidlab, hamkorlikda elektron mahsulot aylanişiga alohida urğu berilişi, kadrlar va iş tajribalari almaşinuvida hamfikr ekanligini maʼlum qildi.

Uçraşuvda kelgusida kadrlar malakasini oşiriş, özaro tajriba almaşiş yönalişlarida hamkorlik qiliş masalalari yuzasidan batafsil fikrlar almaşinildi.
Tadbir söngida «Alibaba» guruhi ilmiy-tadqiqot institutining strategik hamkorlik markazi boş maslahatçisi Uilyam Çeng «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali uçun qisqaça intervyu berdi.

– Hozir Özbekistonda AKT bozorida keçayotgan holatni Xitoy öz vaqtida boşidan ötkazgan. Yigirma yil oldin mamlakatimizda axborot texnologiyalari, data-markazlar, mobil aloqaning rivojlanişiga kuçli eʼtibor berildi. Natijada bu sohada katta sakraşga erişildi, deb öylayman. Xöş, Raqamli iqtisodiyotda katta yutuqlarga erişiş uçun nimalarga eʼtibor beriş kerak? Töğriroği, qanday şaroit bölişi zarur? Birinçidan, infratuzilma rivojlangan bölişi kerak. AKT yönalişida ilmiy-tadqiqot işlari muntazam olib borilişi, yaʼni bozor örganilişi zarur. Eng muhimi, mijozlarga sifatli va tezkor xizmat körsatilişi şart. «Alibaba»ning yutuği şundaki, mijozlarga 24 soat xizmat körsatiladi. Misol uçun, supermarketdan olingan mahsulot 30 daqiqada mijozga yetkazib beriladi. Kompaniya xaridor va korxonalar rahbariyati örtasidagi aloqani taʼminlaşga, ularni birgalikda işlaşiga ham alohida eʼtibor beradi. Hozirda «Alibaba» platformasidan 600 million foydalanuvçi foydalanadi. Dunyo böyiça kompaniyaning mobil tölovlarni amalga oşiriş böyiça 1 milliard mijozi bor. Kompaniya faoliyatida logistika birinçi örinda tursa-da, ayni paytda platformada sport, soğliqni saqlaş va kiyim-keçak yetkazib beriş singari yönalişlar ham ustuvor hisoblanadi.
Bugun Toşkentdagi IT-Park faoliyati bilan yaqindan tanişdim. Menga maʼqul böldi. Umuman olganda, Özbekistonga birinçi kelişim. Maktabda mamlakatingizning qadimiy şaharlari – Samarqand, Buxoro, Xiva, Şahrisabz haqida maʼulumot olganmiz. Ammo oldin kelişga heç imkon bölmadi. Yurtingizga kelganimdan xursandman. AKT yönalişida hamkorligimiz samarali bölişiga işonaman, – dedi Uilyam Çeng.
Eslatib ötamiz, «Alibaba» kompaniyasi internet-tijorat böyiça dunyoning yetakçi kompaniyasi hisoblanadi. 1999 yili taşkil topgan kompaniyaning ştab-kvartirasi Xitoyning Xançjou şahrida joylaşgan, 50 ming nafardan ziyod xodimlari bor. «Alibaba» kompaniyasi Nyu-York fond birjasida savdo qiladi. Bugungi kunda kompaniyaning kapitalizatsiyasi 500 milliard AQŞ dollaridan oşadi.









