Qaşqadaryoda Cobalt rusumli avtomobil haydovçisi rul boşqaruvini yöqotib, beton tösiqqa urilişi oqibatida 5 kişi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu hodisa joriy yilning 1 yanvar kuni soat 13:00 larda Qaşqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hududidan ötuvçi M-39 “Termiz-Toşkent” avtomobil yölida sodir bölgan.
Maʼlum qilinişiça, Cobalt rusumli avtomobil haydovçisi yomğirli ob-havoni inobatga olmasdan katta tezlikda harakatlangan. Şu sabab haydovçi avtomobil boşqaruvini yöqotib, beton tösiqqa urilgan.
Hodisa oqibatida haydovçi A.M. hamda uşbu avtomobilda bölgan tört nafar yölovçilar olgan oğir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









