8 oyda 300dan ortiq şaxs qölga olindi

8 oyda 300dan ortiq şaxs qölga olindi

Joriy yilning ötgan 8 oyi davomida Toşkent viloyat IIBB sohaviy xizmat xodimlari tomonidan firibgarlik, öğirlik, bosqinçilik va boşqa turdagi jinoyatlarini sodir etib, tergov va sud organlaridan yaşiringan 300 nafardan ortiq qidiruvdagi şaxslar qölga olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, bugungi kunda ham viloyat hududida jinoyatçilikni oldini ilişga qaratilgan «Tezkor qidiruv» tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kuni keça, viloyat IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlaş boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Böstonliq tumanida ötkazilgan tadbirda Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yaşiringan Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi 1991 yilda tuğilgan A.R. uşlangan va unga nisbatan eʼlon qilingan qidiruv töxtatildi.

Şuningdek, Yangiyöl şahrida tungi xizmatdagi PPX xodimlari tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bölgan, 1987 yilda tuğilgan Surxondaryo viloyatida yaşovçi O.G. aniqlanib uşlangan.

Toşkent tumanida ham viloyat IIBB 4-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan xizmat davomida Jinoyat Kodeksi 169-moddasida körsatilgan jinoyatini sodir etib, tergovdan yaşirinib yurgan Jizzax viloyatida yaşovçi 1986 yilda tuğilgan B.M aniqlanib, uşlangan.

Bekobod tumani: Tumanda ötkazilayotgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida JKning 169-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bölgan 1967 yilda G.M. (ayol) 3-mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan aniqlanib, qidiruv töxtatildi.

Şuningdek, tadbirlar davomida 44 nafar bedarak yöqolgan şaxslar aniqlangan va tegişli yordamlar körsatilib, oilasiga qaytarilgan.

×