AQŞ va Ğarbning Rossiyadagi voqealarga aloqasi yöq – Bayden

AQŞ va Ğarbning Rossiyadagi voqealarga aloqasi yöq – Bayden

Amerika Qöşma Ştatlari va umuman Ğarb Rossiyadagi isyonga urinişda iştirok etmadi. Bu haqda keça, 26 iyun kuni AQŞ Prezidenti Jo Bayden Oq uydagi matbuot anjumanida maʼlum qildi. 

"Biz Rossiyadagi juma va şanba (23, 24 iyun) kungi voqealarga aloqador emasligimizni aniq aytdik. Bizning bunga heç qanday aloqamiz yöq edi. Bu Rossiya tizimining içki kuraşining bir qismi edi", degan Bayden.  

Şu bilan birga u Vaşington, Rossiyadagi keyingi voqealardan qatʼiy nazar, Ukrainaga yordam berişda davom etişini bildirgan. Baydenning taʼkidlaşiça, u bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga ötgan hafta oxirida ular örtasida bölgan telefon suhbatida yetkazgan.

Uning sözlariga köra, AQŞ bir neçta stsenariyga tayyor edi. Şuningdek, Bayden boşqa Ğarb yetakçilari bilan Rossiyadagi vaziyat yuzasidan yangi telefon maslahatlaşuvlari ötkaziş niyatida.

Eslatib ötamiz, Rossiyada “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning Moskva tomon yurişi bölayotganda AQŞ Prezidenti Jo Bayden Britaniya, Germaniya va Frantsiya yetakçilari Rişi Sunak, Olaf Şolts va Emmanuel Makron bilan Rossiyadagi vaziyatni muhokama qilgandi. AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken ham Turkiya Taşqi işlar vaziri Xoqon Fidan, Ukraina Taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba, G7 Taşqi işlar vazirlari va Yevropa Ittifoqi Taşqi siyosati rahbari Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqotda Rossiyadagi vaziyatni muhokama qildi. 

Prigojinning bir kunlik isyoni

Joriy yilning 24 iyun kuni “Vagner” jangçilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug ştab-kvartirasini egallab oldi. Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu va Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topşirilişini talab qilib, Moskvaga borişini eʼlon qildi. Bu orada Moskvada ham xavfsizlik çoralari kuçaytirildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa Prigojinga qarşi jinoiy iş qözğatdi. Keçga borib Belarus fuqarosi Aleksandr Lukaşenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelişilgan holda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borgani maʼlum böldi. Muzokaralar yakunida Rossiya hududida qurolli harakatlarni töxtatiş va keskinlikni yumşatiş töğrisida qaror qabul qilindi. Prigojin ham Moskvaga ketayotgan qöşinlari ortga qaytarilganini maʼlum qildi.


×