Rus harbiylari Ukrainaga bosqini paytida kamida 136 nafar bolani öldirgani uçun Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Rossiyani “şarmandalar röyxati”ga kiritdi. Bu haqda taşkilotning yillik hisobotini eʼlon qilinişidan oldin körib çiqqan holda “Reuters” xabar berdi.
Unga köra, BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Rossiyani 136 nafar bolani öldirganlikda ayblab, uruş vaqtida “voyaga yetmaganlar huquqlarining jiddiy buzilişi sonidan dahşatga tuşgani”ni aytgan.
Hisobotda keltirilişiça, 2022 yilda Ukrainada 477 bola halok bölgan. BMT ulardan 136 nafarining ölimiga Rossiya qurolli kuçlarining aloqadorligini tasdiqlagan, yana 80 nafar bola Ukraina armiyasining harakatlari oqibatida halok bölgan.
Şuningdek, BMT maʼlumotlariga köra, ötgan yili harbiy mojarolar paytida kamida 900 nafar bola jarohatlangan, ulardan 518 nafari Rossiya armiyasi tomonidan, 175 nafari esa Ukraina Qurolli kuçlari faoliyati tufayli yaralangan.
Taşkilot öz hisobotida Rossiya qöşinlari Ukrainadagi maktab va şifoxonalarga 480 ta hujum uyuştirganini va 91 nafar boladan tirik qalqon sifatida foydalanganini ham qöşimça qilgan.









