Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasining vahşiyliklari haqida gapirib, tajovuzkorni tinçlikka majburlaşga çaqirdi. Bu haqda u BMT Xavfsizlik Kengaşidagi nutqi çoğida aytib ötgan.
Prezidentning fikriça, Rossiya ukrainaliklarni indamas qullarga aylantirmoqçi.
“Agar şunday davom etsa, yakuniy natija şunday böladiki, har bir davlat öz xavfsizligini kafolatlaş uçun faqat qurol kuçiga tayanadi, xalqaro huquq va xalqaro institutlarga emas. BMT faqat yopilişi mumkin”, degan u.
Zelenskiyga köra, agar BMT yopilişga tayyor bölmasa, ular zudlik bilan harakat qilişi kerak. Uning taʼkidlaşiça, Rossiya bundan ham oldinroq töxtatilişi kerak edi.
“Hozir Ukrainada tinçlik örnatiş uçun BMT Xavfsizlik Kengaşining qarori kerak. Agar siz bu qarorni qanday qabul qilişni bilmasangiz, unda ikkita yöl bor: yoki Rossiyani tajovuzkor sifatida çiqarib taşlaş, yoki qanday qilib qayta şakllaniş va haqiqatda tinçlik uçun işlaşingiz mumkinligini körsating. Yoki sizning hozirgi formatingizda muqobil bölmasa va çiqiş yöli bölmasa, keyingi yöl faqat öz-özini tarqatib yuboriş. Işonçim komilki, siz uçinçi variantsiz ham amallaysiz”, deya xulosa qilgan Prezident.
Zelenskiyning sözlariga köra, Buçada rossiyaliklar har turli harbiy jinoyatga qöl urgan. U ruslar Ukrainaga xizmat qilganlarning barçasini qidirib, maqsadli ravişda öldirganini eslagan. Odamlar oyoq-qöllari kesilgan, zörlangan va bolalar köz öngida öldirilganini qöşimça qilgan.
Uning taʼkidlaşiça, Rossiya davlat darajasida nafratni qöllab-quvvatlaydi va uni özining tarğibot tizimi va siyosiy korruptsiya yordamida boşqa davlatlarga eksport qilişga harakat qiladi, Afrika va Osiyo davlatlarida oçarçilikka olib kelişi mumkin bölgan global oziq-ovqat inqirozini qözğatadi.
“Xöş, BMT Xavfsizlik Kengaşi kafolatlaşi kerak bölgan xavfsizlik qayerda? U mavjud emas, garçi Xavfsizlik Kengaşi bor bölsa-da”, degan u.
Zelenskiyning qöşimça qilişiça, hozir dunyo rus harbiylari Buçada nima qilganini körgan, biroq ular Ukrainaning boşqa bosib olingan şaharlarida nima qilganini dunyo hali körmagan. Şu örinda u BMT Nizomining birinçi moddasini eslab ötgan va modda taşkilotning maqsadi tinçlikni saqlaş va tinçlikni mustahkamlaşdan iborat ekanini taʼkidlagan.
“Hozir BMT nizomi birinçi moddadan buzilmoqda. Agar şunday bölsa, boşqa barça moddalarda nima maʼno bor? Bugun Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan beri aynan Rossiyaning Ukraina hududidagi harakatlari natijasida eng dahşatli harbiy jinoyatlar sodir etildi”, deya qöşimça qilgan Prezident.
Uning aytişiça, bosqinçilar şaharlarni qasddan qamal qilib, ularda ommaviy oçarçilikni yuzaga keltirmoqda, yöllarda tinç aholi ustunlarini ataylab öqqa tutmoqda, hatto tinç aholi yaşiringan boşpanalarni ham ataylab buzmoqda.
“Ammo hozir 2022 yil. Bu yerda inkor etib bölmaydigan dalillar bor. Sunʼiy yöldoşdan olingan suratlar bor, töliq şaffof tergov ötkaziş imkoniyati bor. Bizni qiziqtirgan narsa şu – töliq haqiqat, töliq javobgarlik. Işonçim komilki, bundan BMTning har bir davlati manfaatdor bölişi kerak”, degan Prezident.









