Özbekiston Jahon çempionatiga mezbonlik qiladi

Özbekiston Jahon çempionatiga mezbonlik qiladi

FIFA Kengaşining navbatdagi yiğilişida 2024 yili futzal böyiça Jahon çempionati Özbekistonda ötkazilişi belgilandi.


Bugun, 23 iyun kuni FIFA Kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Kun tartibidan FIFA miqyosidagi bir qator musobaqalar, xususan, futzal va futbol böyiça jahon birinçiligi musobaqalariga mezbon mamlakatlarni belgilaş masalalari örin oldi.


Eʼtiborli jihati, 2024 yilgi futzal böyiça jahon çempionati musobaqasi Özbekistonda ötkazilişi belgilandi.

Maʼlumot uçun, Özbekiston FIFA tasarrufidagi Jahon çempionatiga birinçi bor mezbonlik qiladi.

Eslatib ötamiz, musobaqa 2024 yilning 6 sentyabridan 5 oktyabrigaça bölib ötadi. Unda 6ta konferentsiyadan 24ta jamoa iştirok etadi.

ÖFA Jahon çempionatini qabul qiliş uçun FIFAga 4ta arena röyxatini kiritgandi.

“Universal” sport saroyi

“Xumo” arena

“Alpomiş” muz saroyi

“Yunusobod” sport majmuasi


Teglar:
×